TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Toshkent – Moskva parvozini amalga oshirayotgan «Aeroflot» kompaniyasi samolyoti, texnik sabablarga ko‘ra Toshkent aeroportiga qaytdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Samolyot tong soat 05:30da, biroz kechikib parvozini boshladi, lekin 10 minut o‘tib texnik nosozlik tufayli orqaga qaytdi. Yo‘lovchilar xavfsiz ravishda samolyotni tark etishdi”, — dedi aeroport vakili.
Aynan qanday texnik nosozliz yuz bergani haqida xabar berilmadi. Ayni damda Toshkent aeroportida samolyot sinchikov texnik nazoratdan o‘tmoqda.