Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Konstitutsiyasi inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini himoya qilib, mustaqil, suveren va demokratik davlat qurishda yordam bermoqda.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiyaning 24-yilligini nishonlamoqda.

Respublikaning asosiy qonuni 1992-yilning 8-dekabrida Oliy Kengash sessiyasida qabul qilingan edi. Konstitutsiyada davlat va jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilangan.

"Inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklari bizning Konstitutsiyaning asosidir. Bugungi kunda davlat organlari xalq bilan yaqin muloqot o‘rnatib uning kundalik muammolarini hal qilishda, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda yordam berishi kerak. Mana shunday yondashish bizga mustaqil, suveren va demokratik davlat qurishda yordam beradi", — dedi Mirziyoyev Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantatali yig‘ilishda.

2002 yilda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijasida Konstitutsiyaga ikki palatali milliy parlament joriy qilish haqidagi o‘zgarishlar kiritilgan edi.

2007 yilda Konstitutsiyadan mamlakat prezidenti bir vaqtning o‘zida ijroiya hukumat rahbari ekanligi haqidagi bo‘lim bekor qilindi. Bugungi kunda prezident — hukumat organlari faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtiradigan davlat rahbari, Konstitutsiya kafolatidir.

2011 yilda Konstitutsiyaga siyosiy partiyalar rolini kuchaytiruvchi, ular faoliyatiga huquqiy asos yaratuvchi hamda prezident, qonunchilik va ijroiya hukumat majburiyatlarini aniq belgilovchi o‘zgarishlar kiritildi.

2014 yilda esa parlament nazorati haqidagi o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra Bosh vazir va Hukumat yaqin va uzoq kelajakdagi rejalari hamda bjarilgan ishlar haqida Oliy Majlis oldida yillik hisobot berish majburiyati yuklatildi.

O‘zbekiston Konstitutsiya kuni milliy bayram bo‘lib, dam olish kuni hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0