Indoneziyada yer qimirlashida 54 kishi qurbon bo‘ldi

© AP Photo / Binsar Bakkara Indoneziya - kundalik hayot
Indoneziya - kundalik hayot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sumatrada sodir bo‘lgna yer qimirlashi oqibatida o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi, 54 kishi qurbon bo‘ldi, yuzlab jarohatlanganlar kasalxonalarda joylashtirildi.

TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Sumatra oroli yaqinida quvvati 6,5 ball bo‘lgan yer qimirlashi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy OAVlar xabariga asosan.

Yer qimirlashi episentri G‘arbiy Indoneziyaning Ache viloyatidagi Pididjaya aholi punktiga yaqin bo‘lgan. Bu yerda 52 kishi qurbon bo‘lgan, yana ikki kishi esa qo‘shni Biroenda qurbon bo‘lgan. Bu haqida Tatan Suleyman ismli harbiy general xabar bergan.

Tabiiy ofat natijasida 78 kishi jarohatlangan. Pididjaya kasalxonasi jarohatlanganlar to‘lib ketgan. O‘nlab kishilar haligacha qulagan uylar devorlari ostida qolmoqda. Quruvchilarga ularni qutqarishga ushbu joyning murakkab relyefi xalal bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0