Ilxam Aliyev Mirziyoyevni tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishOzarbayjon prezidenti Ilxam Aliyev
Ozarbayjon prezidenti Ilxam Aliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aliyev Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq, farovonlik va davlatni boshqarishda muvaffaqiyat tiladi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Ozarbayjon rahbari Ilxam Aliyev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati.

"O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishingiz bilan chin yurakdan tabriklayman. Ishonchim komilki, bizning birgalikdagi harakatlarimiz kelajakda ham strategik hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga, O‘zbekiston va Ozarbayjon orasida ikki xalq manfaati, hudda tinchlik va barqarorlik va xavfsizlik yo‘lida ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan  bo‘ladi", — deyilgan Ozarbayjon rahbari tabrik xatida.

Shuningdek Aliyev Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq, farovonlik, davlat va "qardosh o‘zbek xalqi manfaati" yo‘lidagi faoliyatida va muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekistonda yakunlangan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88,61 % ovoz to‘plab ishonchli g‘alaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0