TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Joriy yilning 25-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirlida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.
Xabarda ta’kidlanishicha, uchrashuv doirasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olingan.
"Kunning ikkinchi yarmida, mehmonlar Fuqaro muhofazasi institutidagi Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasida bo‘lib, zilzilalar tarixi muzeyi va zilzilalar xavfini kamaytirish chora-tadbirlari, birinchi tibbiy yodam ko‘rsatish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar o‘z bilim va malakalarini yer silkinishini hosil qiluvchi zilzila simulyatorida sinab ko‘rdilar", — deyiladi xabar matnida.