TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Prezidentlik saylovi natijasi qachon e’lon qilinishiga oydinlik kiritildi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.
Xabarga ko‘ra, 2-dekabrda "PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016" press-klubida "O‘zbekistonda saylov qonunchiligi: So‘nggi innovatsiyalar" mavzusidagi beshinchi sessiya bo‘lib o‘tgan.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rahimjon Hakimov, Shuhrat Yoqubov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari Sanjar Hamidullayevlar qatnashishgan.
O‘zbekistonda Prezidentlik saylovi natijasi qachon e’lon qilinishi masalasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov oydinlik kiritgan: "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan kundan keyin 10 kun ichida Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e’lon qiladi", degan u.