O‘zLiDeP: Mirziyoyevga hattoki AQSh va Rossiyadan ham murojaatlar bo‘ldi

© Sputnik / StringerO‘zLiDeP partiyasi shtabi
O‘zLiDeP partiyasi shtabi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tumanlar ahlidan tushgan asosiy savollar yo‘llar holati, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash va pensiya ta’minoti sohasida bo‘ldi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilshod Shoumarov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda saylov kampaniyasi qanday o‘tkazilgani haqida so‘zlab berdi: asosiy e’tibor Shavkat Mirziyovning viloyatlarga safariga qaratildi.

"Uchrashuvlar selektor yig‘ilishlari shaklida o‘tkazildi. Masalan, nomzod Samarqandga boradi, tumanlardagi aholi esa videoaloqa orqali o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishi mumkin bo‘ladi", — deydi Shoumarov.

Tumanlar ahlidan tushgan asosiy savollar yo‘llar holati, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash va pensiya ta’minoti sohasida bo‘ldi.

"Hattoki Rossiya va AQSh fuqarolari ham murojaat yo‘llashdi. Darvoqe, ularning aksariyati nomzodga o‘z tilaklarini bildirishdi", — dedi Shoumarov.

Uning aytishicha, mamlakat bo‘yicha O‘zLiDePning 10 ming saylov shtabi bo‘ladi.

"Shtabdan brifinglar bo‘yicha ma’lumot muntazam kelib turadi. Ovoz berish yakunlari bo‘yicha nomzod ham brifing o‘tkazadi. Bu aniqrog‘i, dushanba kuni bo‘ladi. Biz saylovchilar ishtiroki yuqori darajada bo‘lishini kutmoqdamiz, chunki hozirda saylovga qiziqish juda kuchli, saylovchilar faol ovoz berishmoqda. Millionga yaqin tashviqot materiallari jamoat transporti, hududlarda, hokimiyatlar hamda partiyalarning hududiy bo‘limlari orqali tarqatildi", — dedi u.

© Sputnik / StringerO‘zLiDeP partiyasi shtabi
Shtab partii UzLiDep - Sputnik O‘zbekiston
O‘zLiDeP partiyasi shtabi

Eslatib o‘tamiz, Prezident saylovida davlat rahbarligiga O‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev nomzodi ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0