Mutaxassislar Ufani yer yutmasligini ta’kidlashmoqda

© Fotolia / KokhanchikovUfa
Ufa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqinda Internatsionalnaya ko‘chasidagi hovlilardan birida turgan mashina odamlar ko‘z o‘ngida yer ostiga ravona bo‘ldi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yaqindagina yer cho‘kishi oqibatida avtomobil tubsizlikka ravona bo‘lgan Ufa shahridagi arxitektorlar va qutqaruvchilar  mahalliy aholini xavotirlanmaslikka va shaharni yer yutib yubormasligiga ishontirishmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri Ramilya Salixova.

Shu bilan birgalikda mutaxassislar Ufaning qaysi hududida va qachon yana yer cho‘kishi yuz berishi mumkinligini aniq ayta olishmayapti.

Boshqirdiston poytaxti Ufa yerosti bo‘shliqlari ustiga qurilgan. Bu yerda har yili bir necha bor yer cho‘kishi yuz beradi. Yaqinda Internatsionalnaya ko‘chasidagi hovlilardan birida turgan mashina odamlar ko‘z o‘ngida yer ostiga ravona bo‘ldi. U kutilmaganda hosil bo‘lgan chuqurligi 11 metrli o‘raga quladi. Uy buzilib ketishi mumkinligini hisobga olib avtomobilni o‘radan olmaslikka qaror qilishdi va o‘rani tuproq bilan to‘ldirib qo‘yishdi. Ikkinchi hodisa esa Pervomayskaya ko‘chasida yuz berdi: yer o‘pirilishi oqibatida asfal yo‘lda chuqurligi ikki, uzunligi o‘n metrli o‘ra paydo bo‘ldi. Ilgariroq Ufa meriyasi 2017-2018 yillarda hokimiyat shahar hududidagi yerosti bo‘shliqlari hosil bo‘lish jarayoni yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi va bo‘shliqlar xaritasi yangilanishini bildirgandi.

Mutaxassislarning fikricha, tez-tez yer o‘pirilishining sabablaridan biri yer qatlamini o‘rganmasdan turib qurilish ishlari olib borishdir.

"Bugungi kunda kommunikatsiyalar mujassamlashgan ommaviy qurilishlar olib borilmoqda va bu texnogen jarayonni kuchaytirmoqda, ya’ni shaharga bo‘lgan bosim ortgandan-ortib borapti. Shuning uchun ehtiyotkorlik bilan loyihalash, qurish va foydalanish lozim", — dedi jurnalistlarga arxitektura loyihalari bilan shug‘ullanuvchi korxona bosh direktori Vladimir Kamalov.

Mutaxassisning aytishicha, vahimaga hojat yo‘q va shahar cho‘kib ketmaydi. Lekin yer o‘pirilishi davom etadi, chunki bu hech kim oldindan ayta olmaydigan tabiiy jarayondir. Suhbatdosh bu tasodifiy hodisa ekanligini, hech bir mutaxassis uning qachon va qayerda sodir bo‘lishini oldindan aytib bera olmasligini aytdi.

Ufa meriyasi arxitektura bo‘limining ma’lumot berishicha, quruvchilar shaharda uy-joylarni loyihalash va qurishda 2012-yilda tuzilgan raqamli xaritadan foydalanishadi. Biroq bu xarita oxiriga yetkazilmaganligi va uni takomillashtirish lozimligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0