TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Kuni kecha qator xorij va o‘zbek ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi barpo etilishi hamda yangi Prezident uchun yangi qarorgoh qurilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Sputnik O‘zbekiston mazkur xabarlarga oydinlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Matbuot xizmati bu mavzuda hech qanday xabar tarqatmaganini hamda bu xabarga izoh bermaganini ma’lum qilib, yuqoridagi xabarlarni inkor qildi.