Lola Karimova palov haqidagi xabardan xursand bo‘ldi

© PixabayO‘zbek palovi
O‘zbek palovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2008 yildan to 2016-yilgacha bo‘lgan davr ichida YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga Navro‘z bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya san’ati, Boysun madaniy muhiti kiritildi

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining qizi Lola Karimova-Tillyayeva o‘zbek palovi madaniyati va an’analari YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganidan xursandligini bildirdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Azizlar, o‘zbek palovi madaniyati va an’analari YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Biz ushbu yangilikdan nihoyatda xursandmiz. Buning ahamiyati nimada va bu nimani anglatadi, deb so‘rashingiz mumkin", deb yoziladi sahifada.

Lola Karimova-Tillyayeva Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxati haqida tushuncha beradi hamda ro‘yxatdan o‘rin olgan o‘zbek madaniyati va qadriyatlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni taqdim etadi.

"Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxati millatlar, jamoalar, guruhlar va shaxslar tomonidan tan olingan an’analar, urf-odatlar, bilimlar va ularga tegishli vositalar, asarlar va madaniy makonlarni asrashga yo‘naltirilgan. Mazkur ro‘yxat ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan juda muhim hujjatdir.

Na rus. chitayte v kom-yax. For English please see comments’ section below. Azizlar, o‘zbek palovi madaniyati va an’analari YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Biz ushbu yangilikdan nihoyatda xursandmiz. Buning ahamiyati nimada va bu nimani anglatadi, deb so‘rashingiz mumkin. Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxati millatlar, jamoalar, guruhlar va shaxslar tomonidan tan olingan an’analar, urf-odatlar, bilimlar va ularga tegishli vositalar, asarlar va madaniy makonlarni asrashga yo‘naltirilgan. Mazkur ro‘yxat ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan tasdiqlanadigan juda muhim hujjatdir. Bizning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonamiz faoliyati mobaynida, ya’ni 2008-yildan to 2016-yilgacha bo‘lgan davr ichida, YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga shuningdek Navro‘z bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya san’ati, Boysun madaniy muhiti kiritildi. Ro‘yxatga kiritish jarayoni ikki yil va undan ortiq vaqtni talab etadi. Hozirda bizning vakolatxonamiz yangi loyihalar ustidan ish olib bormoqda, va an’anaviy taomimiz bo‘lmish palov bilan bog‘liq urf-odatlar YuNESKOning ro‘yxatidan joy olgani to‘g‘risidagi xabardan biz juda mamnunmiz. Palov o‘zbek xalqining kundalik hayotida hamda to‘y va marakalar, ehsonlarda o‘rtaga tortiladigan taomdir. O‘zbek an’analariga ko‘ra, mezbon o‘rtaga palov tortganidan keyingina mehmonlarga ketishga ruxsat beriladi. Asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelotgan palov bilan bog‘liq urf-odatlar xalqimizning madaniyati va qadriyatlarining muhim qismi xisoblanadi.➡️⬇️

Video opublikovano Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Dek 2 2016 v 12:40 PST

Bizning YuNESKOdagi Doimiy vakolatxonamiz faoliyati mobaynida, ya’ni 2008-yildan to 2016-yilgacha bo‘lgan davr ichida, YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga shuningdek Navro‘z bayrami, Shashmaqom, Katta ashula, Askiya san’ati, Boysun madaniy muhiti kiritildi.

Ro‘yxatga kiritish jarayoni ikki yil va undan ortiq vaqtni talab etadi.

Hozirda bizning vakolatxonamiz yangi loyihalar ustidan ish olib bormoqda, va an’anaviy taomimiz bo‘lmish palov bilan bog‘liq urf-odatlar YuNESKOning ro‘yxatidan joy olgani to‘g‘risidagi xabardan biz juda mamnunmiz", deydi u.

"Palov o‘zbek xalqining kundalik hayotida hamda to‘y va marakalar, ehsonlarda o‘rtaga tortiladigan taomdir. O‘zbek an’analariga ko‘ra, mezbon o‘rtaga palov tortganidan keyingina mehmonlarga ketishga ruxsat beriladi. Asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan palov bilan bog‘liq urf-odatlar xalqimizning madaniyati va qadriyatlarining muhim qismi hisoblanadi", deya fikriga yakun yasaydi Lola Karimova-Tillyayeva.

Yangiliklar lentasi
0