TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston brokkoli, rukkola va "Aysberg" salatining birinchi turkumini eksport qildi, deb xabar bermoqda UzbekistanToday.
Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarining birorta ham turi O‘zbekistonda ommaviy ravishda yetishtirilmaydi.
Toshkent viloyat hokimiyatining ma’lumot berishicha, bekobodlik fermerlar 5 ming gektar maydonni ushbu turdagi ko‘katlarni yetishtirishga ajratishdi. G‘oya o‘zini oqladi va yetishtirilgan mahsulot ichki bozorga chiqarildi hamda birinchi turkumi Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilindi.