TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Dekabr oyi boshida sinoptiklar mamlakatning barcha viloyatlarida havo isib ketishini aytishgan edi. Bugun O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan, havo-harorati 15-20 daraja iliq.
Toshkentda bugun havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 3-dekabr kuni ham shunday harorat saqlanib qolsa-da, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 4-dekabr kuni ertalab yomg‘ir yog‘adi, harorat 13-15 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Gidrometeorologiya xizmati markazi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bugun harorat 15-20 daraja iliq va o‘zgaruvchan. 3-4 dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida esa 4-dekabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 3-dekabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 4-dekabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati +13+18 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 4-dekabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 8-13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bugun +10+15 daraja. 3-dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi. 4-dekabr kuni esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
3-4 dekabr kunlari respublikaning tog‘oldi hududlarida ko‘chki bo‘lish ehtimoli borligi aytilmoqda.