TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Uchrashuvda Turkiya Elchisi faoliyatining samarali bo‘lganligi qayd etildi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va uning boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini kengaytirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Ta’kidlanganidek, 17-18-noyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligining isbotidir.
Namik Guner Erpul o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini bajarishiga qulay imkoniyat yaratib berilgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.