TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Musiqa va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etuvchi Milliy TV telekanali 11 viloyat hududida ishga tushdi, deb xabar qilmoqda Uz24 nashri.
1 dekabrdan boshlab Milliy TV telekanalini translyatsiya qilish Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Cirdaryo va Toshkent viloyatlarida Toshkent shahri va Qorqalpog‘iston respublikasi hududilarida ishga tushadi.
Milliy TV telekanaliga ulanish uchun, televizor menyusining kanallar sozlash bo‘limida "avtoqidiruv" tugmachasini bosib to‘lqinini sozlash kerak. Yaqin orada Milly TV telekanaliga Xorazm, Surxandaryo va Buxoro viloyatlari aholisi ulanishi mumkin bo‘ladi. Shunday qilib yil oxiriga qadar Milliy TV teleanali butun O‘zbekiston hududida ishga tushadi.