TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Sputnik.Mneniya o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari aholisining katta qismi YeIdan chiqish haqida referendum o‘tkazish tarafdori.
Italiyaning 53%, Fransiyaning 47%, Germaniyaning 43%, Ispaniyaning 39% va Polshaning 38% aholisi shunday referendum o‘tkazish tarafdori bo‘lishdi. So‘rov IFop kompaniyasi tomonidan Sputnik axborot agentligi va radiosi uchun o‘tkazildi.
Shu bilan bir vaqtda o‘tkazilgan “Siz o‘z mamlakatingizda YeIdan chiqish haqida referendum o‘tkazilishini istaysizmi degan savolga, polyaklarning 62%, ispaniyaliklarning 61%, nemislarning 57%, fransuzlarning 53%, italiyaliklarning 47% — yo‘q deb javob berdi.
Shunisi qiziqarliki, 2016-yilning iyuliga nisbatan, referendum o‘tkazish tarafdorlari soni Ispaniyada 34% dan 39% gacha, Italiyada 46%dan 53%gacha, Polshada 33% dan 38% gacha o‘sgan.
So‘rov Fransiyaning eng tajribali tadqiqot kompaniyalaridan biri— IFop tomonidan —2016 yilning 22-26 oktabr kunlari o‘tkazildi. Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Polshada o‘tkazilgan so‘rovda 18 yoshdan katta bo‘lgan 5019 respondent ishtirok etdi. So‘rovda ishtirok etganlarning jinsi, yoshi va turar joyini ham aniqlangan. Ushbu so‘rov xatoligi +/- 3,1% ni ishonchlilik ehtimoli 95% ni tashkil qiladi.
Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda MDH, AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.