Bokuda Ravon avtomobillari taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3
Ravon Nexia R3 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taqdimotda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning texnik xususiyatlari, sifati va ishonchliligaga alohida to‘xtalib o‘tildi va shu bilan birga yangilangan avtomobillar Ozarbayjon xalqining ishonchiga sazovor bo‘lishiga umid bildirildi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. "O‘zavtosanoat" Davlat aksiyadorlik jamiyatining Ozaruayjon poytaxti Bokudagi OOO «Uzavto Baku» dilerlik markazida yangi o‘zbek avtomobili taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.  

GM-Uzbekistan va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan tadbirda taaluqli vazirliklar, diplomatik korpus, yirik biznes hamda Ozarbajonning turli hududlaridan diler va distributerlar taklif qilindi.

Mehmonlar diqqatiga Ravon avtomobillarining yangi turlari Ravon — Nexia R3 (Chevrolet Aveo), R2 (Chevrolet Spark), R4 (Chevrolet Cobalt), Matiz va Gentra taqdim etildi.

Taidimot marosimida O‘zbekistonning iqtisodiy  salohiyati, iqtisodning asosiy sohalari, mamalkatda avtomobil sanoatining rivojlanishi haqida ma’lumot berildi.

Mehmonlarga shuningdek O‘rta Osiyoda O‘zbekiston yagona avtomobil ishlab chiqaruvchi ekanligi, va ishlab chiqarilayotgan avtomobillar dunyoning 12 mamlakatiga eksport qilinayotgani, O‘zbekistonda avtomobil sanoati o‘z faoliyatini 1996-yilda boshlagani va bugungi kunda O‘zbekiston dunyoda yetakchi bo‘lgan avtomobil ishlab chiqaruvchilar GM, MAN, Isuzu va boshqalar bilan hamkorlik qilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Taqdimotda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning texnik xususiyatlari, sifati va ishonchliligaga alohida to‘xtalib o‘tildi va shu bilan birga yangilangan avtomobillar Ozarbayjon xalqining ishonchiga sazovor bo‘lishiga umid bildirildi.

Taqdimot marosimida mehmonlar «Shavkat zarb» milliy musiqa guruhi ijodi bilan tanishib o‘zbek taomi — palovni tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yangiliklar lentasi
0