Atambayev Rossiya harbiy bazasi Qirg‘izistondan "ketishi kerakligini" aytdi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevQirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya Qirg‘izistonning strategik hamkorlari bo‘lib qoladi, ammo harbiy masalada respublika o‘z kuchlariga tayanishi lozim", - deb bayonot qildi Atambayev yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani davomida

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya harbiy bazasi Qirg‘izistondan "ketishi kerak" deb bayonot qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev. RIA Novosti xabari asosida.

"Mening fikrimcha, "Gansi" bazasi (Qirg‘iziston poytaxtidagi xalqaro aeroportda joylashgan AQSh harbiy bazasi, Atambayevning qarori bilan mamlakatdan chiqarilgan edi, tahr.) yuzasidan qarorimiz juda ham to‘g‘ri bo‘lgan. Bu kimgadir yoqadimi, yo‘qmi, men shunday fikrdaman. Oradan besh yil o‘tdi va vaqt o‘sha qaror to‘g‘ri qabul qilinganligini ko‘rsatdi. Qirg‘iziston kelajakda faqat o‘z kuchlariga tayanishi kerak. Bu Rossiya bazasiga ham tegishli", — deb ta’kidladi Atambayev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.

Atambayevning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma muddati tugashi bilan Rossiya harbiy bazasi "Qirg‘iziston hududini tark etishi lozim".

"Balki bu kimgadir yoqmas, ammo men bu fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yetkaza oldim, va u meni tushundi", — deya alohida ta’kidladi Atambayev.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda Rossiyaning umumlashtirilgan harbiy bazasi joylashgan. 2009-yilda shartnoma muddatini avtomatik ravishda 25-yilga cho‘zish sharti bilan 49-yilga uzaytirilgan.

Yangiliklar lentasi
0