O‘zbekistonlik talaba ShHT tanlovi g‘olibi bo‘ldi

© AFP / MARK RALSTONShHT davlatlari bayrog‘i
ShHT davlatlari bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHTning 15-yillik yubileyini nishonlash doirasida tashkilot Kotibiyati tomonidan "Shanxay hamkorlik tashkilotiga 15-yil: Tashkil topish. Taraqqiyot. Istiqbollar" mavzuyida eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi e’lon qilingan edi

TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekiston TIV tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Davlat Umarov ShHTning 15-yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda TIV rasmiy saytida xabar berilmoqda.

ShHTning 15-yillik yubileyini nishonlash doirasida tashkilot Kotibiyati tomonidan "Shanxay hamkorlik tashkilotiga 15-yil: Tashkil topish. Taraqqiyot. Istiqbollar" mavzuyida eng yaxshi ilmiy maqola tanlovi e’lon qilingan edi.

Mazkur tanlovda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Davlat Umarov g‘olib deb topildi hamda unga O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun ShHT Kuzatuvchilar missiyasiga bosh bo‘lib Toshkent shahriga kelgan tashkilot Bosh kotibi Rashid Alimov tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘a topshirildi.

Kotibiyat kengashining maxsus yig‘ilishida ta’kidlanishicha, 19 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan talabalarda ShHT muammolarini o‘rganishga katta qiziqish borligi ma’lum bo‘ldi. Topshirilgan ishlarda ShHTning tashkil topish tarixi va shakllanish bosqichlari yoritilgan. Mualliflar tashkilot doirasidagi dolzarb masalalarni tahlil qildilar va ularni hal qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

Buni tashkilot Bosh kotibi R.Alimov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasarrufidagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari oldida so‘zlagan nutqida ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0