Toshkent markazida "Matiz" yonib ketdi

© UZ24Toshkent markazida yong‘in yuz berdi
Toshkent markazida yong‘in yuz berdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda ta’kidlanishicha, hodisa yuz bergan joyda transport qatnovi vaqtinchalik chegaralangan

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkent markazida, aniqrog‘i Yunusobod tumanida "Matiz" rusumidagi avtomobil yonib ketdi, deb xabar qilmoqda uz24.

Hodisa 29-noyabr kuni soat taxminan 23:00da Amir Temur shox ko‘chasida, sobiq "Qozog‘iston" kinoteatri yaqinida yuz bergan. "Hodisa to‘g‘risida xabar berayotgan vaqtimizda jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q edi", — deb yozgan nashr.

© UZ24Toshkent markazida avtomobil yonib ketdi
V sentre Tashkenta sgorel avtomobil  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent markazida avtomobil yonib ketdi

Xabarda ta’kidlanishicha, hodisa yuz bergan joyda transport qatnovi vaqtinchalik chegaralangan.

Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda. Hodisa joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda YHXBB xodimlari ish olib borishgan.

Yangiliklar lentasi
0