Jizzaxlik milliarder Shodiyev ishi bilan Belgiya parlamenti maxsus komissiyasi shug‘ullanadi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishBrusseldagi parlament binosi
Brusseldagi parlament binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgiya parlamenti Belgiya sobiq senatori de Deker va kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Shodiyev ishini o‘rganish uchun maxsus komissiya ta’sis qildi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Belgiya parlamenti senati sobiq rahbari va jizzaxlik tadbirkor Pattoh Shodiyev bilan bog‘liq siyosiy janjalni tekshirish uchun Belgiya parlamenti maxsus komissiyani tashkil etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Belgiya parlamenti ma’lumotlariga ko‘ra, komissiyaning asosiy maqsadi jamoatchilik o‘rtasida katta shov-shuv uyg‘otgan bu voqeada Belgiya senati sobiq rahbari, ayni vaqtda Ukkl komunnasi burgomistri bo‘lgan Armand de Deker qanday rol o‘ynaganini aniqlashdan iborat.

Ilgariroq Belgiya senatining sobiq rahbari Armand de Deker Pattoh Shodiyevga jinoiy jazodan qutulib qolishga yordam bergani uchun Fransiya hukumatidan 740 ming yevro olgani haqida xabar berilgan edi.

Belgiya Bosh vaziri Sharl Mishel - Sputnik O‘zbekiston
Belgiya Bosh vaziri jizzaxlik milliarder Pattoh Shodiyev voqeasiga to‘liq oydinlik kiritmoqchi
"Bu voqeaga to‘liq aniqlik kiritilishi lozim, ikki ma’nolilikka o‘rin qoldirmaslik lozim", — deb aytgan Belgiya Bosh vaziri. Gap shundaki, Sharl Mishel de Deker bilan birga "Revormistik harakat" partiyasining o‘ng markazchilar koalitsiyasi vakili hisoblanadi. Nashrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda federal hukumatga muxolifatda bo‘lgan oltita partiya "kazaxgeyt" ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun parlament komissiyasini tashkil qilishni talab qilmoqdalar. Belgiyaning Le Soir nashri va Fransiyaning Mediapart internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda de Deker Belgiya adliya vaziriga Shodiyevdan korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni zudlik bilan olib tashlashni so‘rab bosim o‘tkazgan. OAVning ma’lumot berishicha, de Deker Yelisay saroyi topshirig‘i bo‘yicha harakat qilgan. O‘sha davrda Qozog‘iston bilan Airbus vertolotlari savdosi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan. Taxminlarga qaraganda, Shodiyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga katta ta’sir ko‘rsata olgan va Fransiyaga shartnoma tuzilishida yordam bergan.

Yelisey saroyi de Dekerga Shodiyevdan rekord muddatda ayblovlar olib tashlanganidan so‘ng "350 soat yurist sifatida faoliyat ko‘rsatgani uchun" 740 ming yevro gonorar to‘lagan. U sudgacha tartibda Brusselga 23 million yevro to‘lagan. De Dekerning o‘zi adliya vaziriga bosim o‘tkazganini rad etmadi, lekin o‘sha paytda Nikolya Sarkozi prezidentlik qilgan Fransiya bilan har qanday aloqasi bo‘lganini inkor qildi.

Fransuz huquqni muhofaza qiluvchi organlari 2012-yilda Qozog‘iston bilan Airbus sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzilish holatlarini o‘rganmoqda. Kelib chiqishi jizzaxlik bo‘lgan milliarder Fattoh(Patoh) Shodiyev 1997-yildan buyon Belgiya pasportiga ega va Belgiyada boyligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. U 1992-yilda tadbirkor hamkorlari Aleksandr Mashkevich va Alijon Ibragimlar bilan foydali qazilmalarni qazish bilan shug‘ullanuvchi Eurasian National Resources (ENR) kompaniyasiga asos solgan.

De Deker 2007-2010 yillarda Belgiya senatini boshqargan, ayni paytda Brusseldagi Ukkl kommunasining burgomistri hisoblanadi. U "Reformistik harakat" (MR) partiyasining a’zosidir.

Yangiliklar lentasi
0