Abdulaziz Kamilov Jon Kerrining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarga oid masalalar muhokama qilindi

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. 2016-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Uilyam Toddni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarga oid masalalar muhokama qilingan.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0