O‘zbekistonda Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOqsaroy
Oqsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bugundan Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9dan soat 18ga qadar ishlaydi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Saylov qonunchiligiga ko‘ra saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish 24-noyabr kuni boshlanadi va 2-dekabr kuni yakunlanadi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Prezidenti saylovlarini o‘tkazish uchun 9381ta saylov uchastkasi tuzildi, ulardan 44tasi xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan.

Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 24-noyabrdan 2-dekabrga qadar muddatidan oldingi saylovlar o‘tkaziladi

Mamlakatda rasman faoliyat ko‘rsatayotgan barcha to‘rt partiya tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hatamjon Ketmonov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajarish respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi. Prezident saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0