"Ona yurt ohanglari" xalqaro musiqa tanlovi yakunlandi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Eron, Turkiya, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan ishtirokchilar ijrosini baholashda ijodiy mahorat, musiqada aks etgan falsafa va g‘oyani tinglovchiga yetkaza olish, sahna madaniyati kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Toshkentdagi V. Uspenskiy nomli respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida "Ona yurt ohanglari" xalqaro musiqa tanlovi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

Musiqa tanlovida O‘zbekiston va xorij mamalkatlaridan kelgan 12-15 yoshli va 16-19 yoshli musiqachilar guruhlari ishtirok etishdi. Qatnashilar damli, urma torli, mizrobli, chertma torli, kamonli, urma zarbli cholg‘ularda yurtimiz va xorijiy davlatlar kompozitorlari asarlarini ijro etdi.

Ishtirokchilar ijrosini baholashda ijodiy mahorat, musiqada aks etgan falsafa va g‘oyani tinglovchiga yetkaza olish, sahna madaniyati kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi.

"Dunyoda bolalar musiqa san’atiga oid ko‘plab tanlov va festivallar o‘tadi. Biroq "Ona yurt ohanglari" tanlovi musiqa vositasida yoshlarda o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir",- deydi rossiyalik musiqashunos, tanlov hakamlar hay’ati a’zosi Vacheslav Kruglov.

Shuningdek Kruglov Ijodiy bellashuv davomida O‘zbekiston yoshlarining iste’dodli, bilimga chanqoq, musiqa san’atiga mehri baland ekanligi guvohi bo‘lganini ta’kidladi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yosh musiqachilar ijrosida konsert namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz ushbu konkurs O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi hamda Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan. Ushbu konkurs 2014-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0