Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta shanba kuni Pokistonning janubiy qismidagi ibodatxonada sodir etilgan terrorchilik oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ziyodi jarohat olgan edi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston rahbari Pokiston Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xub shahrida (Beludjistan provinsiyasi) sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning, ayniqsa ayollar va yosh bolalarning nobud bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga samimiy ta’ziya bidirilgan maktub yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor etdi", — deyiladi xabar matnida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta shanba kuni Pokistonning janubiy qismi(Beludjistan)dagi ibodatxonada sodir etilgan terrorchilik oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ziyodi jarohat olgan edi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan.

Yangiliklar lentasi
0