Professor Igor Volgin: XXI asr ham Dostoyevskiy asri bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishShoir, tarixchi, Dostoyevskiy jamg‘armasi prezidenti Igor Volgin
Shoir, tarixchi, Dostoyevskiy jamg‘armasi prezidenti Igor Volgin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atoqli olim, professor, Dostoyevskiy jamg‘armasi prezidenti Igor Volgin Dostoyevskiyning bugungi kunda tutgan o‘rni haqida gapirdi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Bugun buyuk rus yozuvchisi Fodor Dostoyevskiy tavallud ayyomining 195-yilligi nishonlanmoqda. Aynan Dostoyevskiy zamonaviy kishini bezovta qilayotgan muammolarni, har birimizni qiynayotgan kundalik tashvishlarni XIX asr o‘rtalaridayoq belgilab bergan edi.

Sputnik nashri Dostoyevskiyning hozirgi zamonda tutgan o‘rni haqida atoqli olim, professor, Dostoyevskiy jamg‘armasi prezidenti Igor Volgin bilan suhbatlashdi.

Idealizmning aks tomoni

— Bugungi dunyo uchun Dostoyevskiyning dolzarbligi nimada?

— Bulgakovning bir qahramoni: "Odam kam o‘zgargan", deb aytgan. Demak, odam kam o‘zgargan ekan, Dostoyevskiy esa inson tabiati haqida yozganini inobatga oladigan bo‘lsak, Dostoyevskiygacha va undan keyingi odam — ikki xil dunyo degani. Negaki, Dostoyevskiy insonga bunga qadar bilmaganlari haqida bilib olishga imkon beradi. Dostoyevskiy tomonidan insoniyat uchun kashf qilingan bilimlar hozirga qadar ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

— Bu qanday bilimlar ekan?

— Dostoyevskiy, nafaqat 19-asrning 40-80 yillari, ya’ni o‘zi yashab turgan davrdagi holatlar, ruh ko‘chishi haqida yozib qoldirgan. Uning ijodi insoniyat, jumladan, rus kishisi tabiatiga ham tegishli.

Uning qahramonlari har qanday sharoitda, ular o‘zlari holi bo‘lganida yoxud suhbatlarda ham jahon sahnasida rol ijro etayotgandek go‘yo.

U tomonidan tilga olingan narsalar pand-nasihat tarzida emas, balki badiiy kontekstda aytiladi. Sizu-biz bularning barchasini  bugun ham boshimizdan o‘tkazmoqdamiz. U inson mavjudligining asosiy lahzalarini va yovuzlik tabiatining ko‘p jihatlarini aniqlagan.

Bu yerda qanday yovuzlik haqida gap bormoqda?

— Dostoyevskiy idelizmning iblisona ko‘rinishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Idealizm sof holatda nimaga olib kelishi mumkinligini ko‘ra bilgan, inson qalbining ichki tomonlarini "yorib" ko‘rgan.

Dostoyevskiyning barcha romanlari — bu rus kishisi taqdiri, Rossiyaning maqsad-vazifasi haqida sujet deb aytish mumkin. Ya’ni Rossiyaning taqdiri qanday kechishi, uning jismoniy va ma’naviy tabiati qandayligi haqida. Va ushbu savollar hozirga qadar ochiqligicha qolmoqda. Chexov Suvoringa rus adabiyoti hech qanday savollarga javob bermaydi, deb yozgan. Bunda, muhimi shuki, rus adabiyoti o‘sha savollarni to‘g‘ri qo‘ya bilishida. Javob topish esa — bu bizning vazifamiz.

— Dostoyevskiy bizning zamonimizda yashaganida, nima bo‘lardi?

— U biron bir narsaga boshqacha qaragan bo‘lardi, deb o‘ylamayman. Ha, u o‘z davri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lgan, lekin aksariyat hollarda biz yashaydigan davrni ham ko‘ra olgan. "Yozuvchi kundaligi"da u shunday holatni keltirib o‘tadi: bolqon urushi bormoqda, va allaqayerdadir turklar tirik odamlardan terisini shilib olmoqda.

Dostoyevskiy, 20-asrda ro‘y bergan o‘sha qo‘rqinchli vaziyatlar, ya’ni odamlarning terilari yoppasiga shilib olina boshlanishini oldindan ko‘ra bilgan. U qandaydir qo‘rqinchli davr, halokat ro‘y berishini oldindan sezgan. O‘z o‘limidan bir necha yil oldin Fodor Mixaylovich: "Rossiya allaqanday final nuqtasi ustida turibdi, u tubsizlik ustida chayqalmoqda", deb yozgan.

Aytish joizki — tubsizlik ustida chayqalmoq — Rossiyaning umumiy statik holatidir. Va, Dostoyevskiy ushbu holatni payqay olgan.

- Aytingchi, Dostoyevskiyning "iblis"lari o‘tgan asrda qolib ketdimi? Yoinki ular qayta tirilishi mumkinmi?

— XXI asr kirib kelayotganda, hammamiz: "XX asr Dostoyevskiy asri bo‘lgan edi, XXI asrda hammasi o‘zgaradi, joyidan siljiydi", deb o‘ylaganmiz. XXI asr Dostoyevskiy asri bo‘lmaydi, boshqa manfaatlar, maqsadlar keladi, degan fikrda bo‘lganmiz. Mana, marhamat, nimani ko‘rib turibmiz? Bugungi kunda nimaga talab kuchli? Dostoyevsiy matnlariga! Sababi, ular bizga XXI asrda ro‘y berayotgan voqealar haqida xabar berib turadi. Bu borada u sira ham eskirmagan. Sira ham!

Shu bois, o‘ylashimcha, ya’ni balki baxtimizga yoki aksincha, XXI asr ham Dostoyevskiy asri bo‘ladimi, deb qo‘rqaman. Shu bois ham u barcha tiriklardan tirikroq. Uning matnlari o‘likmas. Uning merosi jonsizmas. Va bizning kelajagimiz — ushbu merosni qanday qilib o‘zlashtirishimiz va tushunishimizga bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0