RIA Novosti xalqaro axborot agentligi binosida bomba qidirilmoqda

© Sputnik"Rossiya Segodnya" binosida bomba qidirilmoqda
Rossiya Segodnya binosida bomba qidirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chorshanba kuni ertalab "02" telefoniga notanish bir ayol qo‘ng‘iroq qilib Zubovskiy bulvar, 4 binosini portlatish bilan tahdid qilgan

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Moskva shahar tezkor xizmat xodimlari "RIA Novosti" ("Rossiya segodnya") xalqaro axborot agentligi binosiga joylashtirilgan portlovchi qurilma borasidagi anonim xabarni tekshirishga kirishdilar.

"02" telefoniga Zubovskiy bulvar, 4, binosini portlatish tahdidi bilan qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘ng‘iroq ayol tomonidan amalga oshirilgan, uning shaxsi aniqlanmoqda", — deb xabar qilmoqda Moskva shahar favqulodda holat xizmatidagi manba.

RIA Novosti muxbirlarining xabariga ko‘ra, ayni vaqtda agentlik binosi yoniga bir qancha politsiya va yong‘inni o‘chirish xizmati mashinalari yetib kelgan. Binoga kirish eshigi oldida tezkor xizmat xodimlari navbatchilik qilmoqdalar.

Eslatib o‘tamiz, Zubovskiy bulvar, 4, ko‘chasida "RIA Novosti" xalqaro axborot agentligi, "Rossiya jurnalistlar uyushmaksi", "360 Podmoskovye" telekanali va restoran joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0