"RIA Novosti" binosida bomba topilmadi

© Sputnik"Rossiya Segodnya" XAAda bomba qidirilmoqda
Rossiya Segodnya XAAda bomba qidirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya segodnya" ("RIA Novosti") xalqaro axborot agentligi binosida tekshiruv nihoyasiga yetdi, hech qanday shubhali predmetlar aniqlanmadi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Moskvadagi "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi binosida bomba aniqlanmadi, shu bois, notanish ayolning anonim telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng amalga oshirilgan tekshiruv ishlari nihoyasiga yetkazildi, binoga kirish eshigi qayta ochildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Rossiya Segodnya binosida bomba qidirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
RIA Novosti xalqaro axborot agentligi binosida bomba qidirilmoqda
Ertalab berilgan xabarga ko‘ra, notanish ayol "02"ga qo‘ng‘iroq qilib, Zubovskiy bulvar, 4 manzili bo‘yicha joylashgan binoga portlovchi qurilma qo‘yilganini ma’lum qilgan. Telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirgan ayol shaxsi o‘rnatilmoqda.

"Bino tekshiruvi yakunlandi, hech qanday shubhali predmetlar aniqlanmadi. Kirish eshigi agentlik xodimlari va keluvchilar uchun qayta ochiq. Evakuatsiya ishlari o‘tkazilmadi", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0