TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 2-3 noyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi.
Tashkilotga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari ShHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qiladilar.
Yig‘ilish yakunida 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.