Turk siyosatchisi: AQSh Gulenning “gullab” qo‘yishidan xavfsiramoqda

© REUTERS/Greg Savoy/Reuters Fathulloh Gulen
Fathulloh Gulen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulenning to‘ntarishga urinish qatnashchilari bilan aloqadorligi haqida isbotlar yetarli

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. AQSh turk hukumati tomonidan iyul oyidagi to‘ntarishga aloqadorlikda ayblanayotgan Fathulloh Gulenni Turkiyaga topshirish masalasini ko‘rib chiqishni cho‘zmoqda, chunki uning tergov organlarida ko‘rgazma berishidan cho‘chiyapti, dedi Turkiya parlamentining sobiq spikeri, deputat Mehmet Ali Shaxin, RIA Novosti xabariga asosan.

"Menimcha, Amerika hukumati terrorchilar boshlig‘ining AQShda bo‘lgan davridagi faoliyati haqida aytib berishini istamaydi. Ular Gulen qanday taklif asosida AQShda yashash uchun ruxsatnoma olganligini aytib qo‘yishidan xavfsirashadi", — dedi parlament sobiq spikeri Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, Gulenning to‘ntarishga urinish qatnashchilari bilan aloqadorligi haqida isbotlar yetarli. "15 iyul kuni isonchilar qo‘lga olingan Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbariga o‘zlarining "g‘oyaviy yetakchi"lari Fathulloh Gulen bilan aloqaga chiqishni taklif qilganliklarining o‘zi yetarlicha isbot", — deb qo‘shib qo‘ydi Shaxin.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh isonchilar harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinishdi. Asosiy qarama-qarshiliklar Anqara va Istanbulda bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlarda 240 fuqaro halok bo‘ldi, ikki mingdan ortiq kishi jarohatlandi.

Turkiya hukumati diniy ulamo Fathulloh Gulenni to‘ntarishga aloqadorlikda aybladi va AQShdan uni Turkiyaga ekstraditsiya qilishni so‘radi. Gulenning o‘z i esa to‘ntarishni qoraladi va o‘zining bunga aloqasi yo‘qligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0