Sirdaryo viloyatida olti nafar hokim o‘zgardi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatning to‘rt tumani va ikki shahriga yangi hokim tayinlandi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. 22 oktabr shanba kuni Sirdaryo viloyatining Guliston va Shirin shaharlarida hamda Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba va Sirdaryo tumanlarida xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar shahar va tumanlarga yangi hokim tayinlash masalasini ko‘rib chiqdilar, viloyat hokimligi matbuot xizmati xabari asosida.

Sessiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Abitovich Nazarmuhammedov qatnashib so‘zga chiqdi.

Viloyat hokimi Oybek Ashurmatov ham tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalar qildi va deputatlarga bir necha tuman va shaharlarga yangi hokimlar tayinlashni tavsiya berdi. Majlislar yakunida deputatlar, viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra quyidagi shahar va tumanlarga yangi hokimlar tayinlashdi.  

Guliston shahriga Sirdaryo viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Shuxratullayevich Ismatullayev;

Shirin shahriga "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati elektrostansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilxomjon Maxmudjonovich Begaliyev;

Oqoltin tumaniga Jizzax viloyati Zomin tumani "Avtosanoat-agro-Jizzax" mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Xamrabay Raximovich Razzoqov;

Sayxunobod tumaniga Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Maxmudovich Egamberdiyev;

Sardoba tumaniga Sirdaryo viloyati prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Shukurullo Xo‘jamqulovich Tursunov;

Sirdaryo tumaniga "Sirdaryoavtoyo‘l" hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Sobirjon Nazarovlar hokim etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyining oxirida Sirdaryo viloyatning Boyovut tumaniga ham yangi hokim tayinlangan edi. Shuningdek, 1-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0