Toshkentda chiqindilarni olib chiqish xizmatlari narxi 6,6 foizga oshadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAxlat tashish mashinasi
Axlat tashish mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari narxi 1-noyabrdan ko‘tariladi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. 1-noyabrdan boshlab «Maxsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi Toshkent aholisiga va korxonalarga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni oshiradi. Bu haqda "Maxsustrans" saytida xabar berilmoqda.

Xabarda bildirilishicha, aholiga qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish xizmatini ko‘rsatish — kishi boshiga oyiga 3000 so‘mdan — 3200 so‘mga oshadi.

Budjet va xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar uchun qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish xizmatini ko‘rsatish narxi — bir metr kubga 38390 so‘m bo‘ldi (hozirda — 35991 so‘m).

Har ikki turdagi korxona va tashkilotlar uchun axlatni olib chiqib ketish xizmati — bir tonnasiga 14346  so‘mni tashkil etadi (hozirda —13449,4 so‘m).

Yangiliklar lentasi
0