Belgiya samolyotlari Suriyadagi qishloqni bombardimon qildi

© Sputnik / Aleksandr Kovalev / Mediabankka o‘tishF-16 samolyoti
F-16 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyotlar bergan zarba oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

 

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Suriyadagi Xaasajek qishlog‘ida Belgiyaning F-16 samolyotlari bergan zarba oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Suriyadagi Rossiya yarashtiruv markazi xabariga asoslanib.

Ma’lumotga ko‘ra, Halab viloyatidagi Xassajek qishlog‘iga tungi soat uchda havodan zarba berilgan.

Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: AQSh Suriya qo‘shinlariga ataylab zarba bergan

"Bombardimon oqibatida ikkita uy vayron bo‘ldi, olti kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi turli darajada tan jarohati oldi. Mazkur hududda Rossiya HKK yoki Suriya HHK samolyotlari qayd etilmagan. Ushbu hududda ko‘rsatilgan vaqtda Belgiya qirolligining ikkita F-16 samolyoti parvoz qilgan", — deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi e’lon qilgan hujjatda.

Ushbu hodisani Rossiya davlat dumasi deputati Leonid Kalashnikov belgiyaliklarning ig‘vosi deb atadi.

"Bu Belgiya qiruvchilarining ig‘vosi va istilosidir, bungacha bunday holat britaniyalik va amerikalik qiruvchilar tomonidan sodir etilgandi… Ularni bu yerga hech kim taklif qilmagan, hech kim chaqirmagan va bu bo‘yicha BMT rezolyutsiyasi ham yo‘q. Lekin amerikaliklar va NATOchilar, ushbu vaziyatda belgiyaliklar xalqaro meyorlarni osongina buzishapti", — dedi deputat.

 

Yangiliklar lentasi
0