Pushkov: AQShning Suriyada Rossiya bilan hamkorlik qilish niyati yo‘q

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishSenator Aleksey Pushkov
Senator Aleksey Pushkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Suriyada tinchlik o‘rnatish shartnomasininig asosiy bandlarini bajarmasdan, bu borada hamkorlikni bekor qilgani haqida e’lon qildi.

 

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh Suriya masalasida Rossiya bilan hamkorlik qilish niyati yo‘q, chunki ularning maqsadi Suriyada hukumat almashtirish, deb hisoblaydi senator Aleksey Pushkov.

“AQSh Davlat departamenti Suriya bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmagan. Bu kundek ravshan, ularning maqsadi – hukumat almashtirish”, — deb yozdi u o‘zining Twitterida.

Biroz oldin AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi AQSh Rossiya bilan Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ikki taraflama hamkorlikni bekor qiladi va Suriya osmonida ikki davlat havo kuchlari orasida mojaro yuz bermasligi uchun, faqat harbiy aloqa kanallarini saqlab qoladi, degan edi.

Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: AQSh Suriya qo‘shinlariga ataylab zarba bergan

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, AQShning Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya bilan aloqalarni bekor qilishi – chuqur umidsizlik uyg‘otishini ta’kidlagan edi. Bu borada Moskva Vashingtondan yana bir bor o‘ylab ko‘rib, vaziyatga to‘g‘ri baho berishga da’vat qildi.

Rossiya TIVi, shuningdek, bugungi kunda AQSh Suriyada tinchlik o‘rnatish borasida Rossiya bilan erishilgan kelishuvlarning asosiy, hal qiluvchi bandlarini amalga oshira olmaganini va vaqtincha tinchlikni saqlash rejimidan keyin bo‘lib o‘tgan fojealarda Rossiyani ayblashga urinayotganini ta’kidlamoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0