Klintonning yarim-yalang‘och haykali tufayli Nyu-Yorkda mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Nikita Shoxov / Mediabankka o‘tishDemokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton
Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarga ko‘ra, haykal bir stansiya yonida uch soat turgan, xolos

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Nyu-Yorkda demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klintonga qo‘yilgan haykal tufayli ommaviy tartibsizliklar yuzaga keldi, deb xabar qilgan RIA Novosti New York Daily News nashriga tayangan holda.

27 yashar rassom Entoni Skioli tomonidan o‘rnatilgan haykal seshanba kuni tongda Bouling-Grin metro stansiyasi yonida paydo bo‘lgan. Haykal karikaturasifat tarzda yaratilgan bo‘lib, unda Klinton o‘ta beso‘naqay, ustiga ustak oyoqlar o‘rniga tuyoqlar bilan ifoda qilingan. Haykalga bitta tugmasi qadalgan uzun bluzka kiydirilgan bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, haykal metro stansiyasi yonida uch soatcha turgan. Shundan so‘ng, haykal yoniga shu yaqin atrofda joylashgan muzey xodimasi kelgan va uni turli predmetlar otib, yiqitishga harakat qilgan.

Nashrda e’lon qilingan videoga ko‘ra, ayol haykalni tepib yiqitgan va uni joyiga qo‘yishga harakat qilayotgan Skioliga qarshilik ko‘rsatish maqsadida Xillari haykalining ustiga chiqib o‘tirib olgan. Ayol shuningdek, shu atrofda turgan bir erkak bilan ham qizg‘in aytishgan.

Sal keyinroq voqea ro‘y bergan joyga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yetib kelishgan va Skiolidan, bunga maxsus ruxsatnomasi yo‘qligi uchun, haykalni ko‘chadan yo‘qotishni talab qilishgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa tufayli hech kim hibsga olinmagan.

Yangiliklar lentasi
0