Abdulaziz Kamilov Turkiya Bosh vaziri bilan uchrashdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishTurkiya TIV rahbari Mavlyut Chavushoglu
Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining hozirgi holati va ularni izchil rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda IHT TIVK 43-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. 2016-yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ishida qatnashish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining hozirgi holati va ularni izchil rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda IHT TIVK 43-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Turkiya Elchisi Namik Guner Erpul ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0