TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Germaniyadan uchib chiqqan Airbus A320 samolyotini yashir urdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Munxen aeroportidan uchgan samolyot osmonga ko‘tarilishi bilan kuchli chaqmoqqa duch kelgan. Yashindan samolyotning tumshuq qismi kuygan. Ekipaj komandiri bo‘lib o‘tgan voqea haqida dispetcherlarga xabar bergan.
Kutilmagan voqeaga qaramasdan samolyot Moskvaning Shermetyevo aeroportiga eson-omon yetib kelib qo‘ngan. Samolyotni ko‘zdan kechirgan mutaxassislar kabina oynasi ostida yashin urishidan paydo bo‘lgan teshik topishgan.
Samolyot parvozlardan chetlatilgan, voqeadan hech kim zarar ko‘rmagan.