Rossiyada Daewoo haligacha xaridorgir

© Commons.wikimedia / Milhouse35Daewoo Nexia avtomobili
Daewoo Nexia avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya foydalanilgan avtomobillar bozorida Daewoo Nexia va Daewoo Matiz avtomobillari xaridorlar tomonidan sotib olinmoqda.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. "AVTOSTAT" tahliliy markaz xabariga ko‘ra 2016-yilning sentabr oyida Rossiya foydalanilgan avtomobillar bozorida 461,5 ming avtomobil sotilgan. Yil boshidan beri ushbu bozor hajmi o‘tgan yilgan qaraganda 7,5 %ga o‘sgan.

Sentabr oyida Rossiyada 10826 dona Daewoo (asosan Nexia va Matiz) avtomobillari sotilgan va ommaviylik bo‘yicha — 14 o‘rinni egallagan.

Eng ommaviy avtomobillar ro‘yxatida birinchi o‘rinda — LADA. Foydalanilgan avtomobillar bozorida sentabr oyida  126 ming dona LADA avtomobili sotilgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni o‘rinda Yaponiyaning Toyota — 51,6 ming dona va Nissan avtomobillari — 25 ming dona.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Hyundai — (20 ming dona) va Chevrolet — (19 ming) avtomobillari egalladi.

Yangiliklar lentasi
0