O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risida Bitim imzolandi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Afg‘oniston Islom Respublikasi TIV rahbari Salohiddin Rabbani
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Afg‘oniston Islom Respublikasi TIV rahbari Salohiddin Rabbani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. 17-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv doirasida vazirlar O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risida bitim imzoladi.

Uchrashuvda Afg‘oniston elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0