O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudlariga sudyalar saylandi

© fotoliaAdolat va sud ramzi
Adolat va sud ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi

TOShKENT, 13 okt – Sputnik.  O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida mamlakat Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudlariga sudyalar saylangani xabar qilinmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

Shaxnoza Muzafarovna Axatova va Nargiza Bilimliyevna Maxkamova O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyalari etib saylansin", deyiladi xabarda.

Shuningdek, Senat qaroriga asosan Dilshod Urinbayevich Aripov, Qobiljon Xudoyberdiyevich Komilov va Nodir Muxammadiyevich Xudoyarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik cudining sudyalari etib saylangani ma’lum qilingan.

Ushbu Qarorlar qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirishi ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0