Xalqaro sanoat yarmarkasida "O‘zavtosanoat" korxonalari qatnashadi

© UzAutoUzAuto kompaniyasi stendi
UzAuto kompaniyasi stendi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada 270 turdagi mahsulotlar taqdim etiladi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik.  Toshkent shahrida 24-31 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida "O‘zavtosanoat" AK tarkibidagi 33ta korxona ishtirok etadi, deb xabar beriladi kompaniya saytida.

Xabarda bildirilishicha, ko‘rgazmada ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 270 turdagi mahsulotlar va 640 turdagi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun taklif etilayotgan import mahsulotlar taqdim etiladi.

Interyer Deu Neksiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston avtomobil sanoati - 20-yil muborak!

IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi davomida "O‘zavtosanoat" AK ekspertlari avtomobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2,3 trln. so‘mga baholashgandi. Yengil avtomobil 7 mingdan ortiq detaldan tashkil topishi qayd qilingan.

Bugungi kunda o‘zbek avtomobil sanoatini "O‘zavtosanoat" AK tarkibidagi 20ta, 160ta kichik va o‘rta korxonalar hamda dunyoning 20ta davlatidan 120 yetkazib beruvchilar butlovchi qismlar bilan ta’minlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0