Shavkat Mirziyoyev nomzodini O‘zbekiston prezidentligiga tasdiqlash boshqa sanaga ko‘chirildi

© AFP 2023 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Partiyaning navbatdagi qurultoyi nizomiga qo‘shimchalar kiritish zarurati tufayli ushbu masalani ko‘rib chiqish 19-oktabr sanasiga qoldirildi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston prezidenti vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlariga nomzod etib tasdiqlanishi rejalashtirilgan partiya qurultoyini 19-oktabrga ko‘chirishga qaror qildi, deb xabar qildi partiya matbuot-xizmati.

Dastlab Shavkat Mirziyoyev nomzodi partiyaning 14-oktabrdagi qurultoyida tasdiqlanishi, so‘ngra esa hujjatlar O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga topshirilishi kerak edi. 

"Sanani ko‘chirish haqidagi qaror qurultoy doirasida rejalashtirilgan O‘zLiDePning O‘zbekiston prezidenti saylovlaridagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish jarayoniga ta’sir qilmaydi", deb ma’lum qildi partiya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya nizomiga takliflar va qo‘shimchalarni o‘rganish uchun qo‘shimcha vaqt talab qilindi. Bu  takliflar va qo‘shimchalar ham navbatdagi qurultoyda ko‘rib chiqilishi tayyorlanmoqda, shuning uchun qurultoy sanasini ko‘chirishga qaror qilingan.

O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Rustam Azimov: Shavkat Mirziyoyev — Islom Karimovning siyosiy farzandi
Ayni vaqtda partiyalar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlovchi imzolar yig‘ishni amalga oshirishmoqda, bu jarayon 20-oktabrda yakunlanishi kerak.

Qonunchilikka ko‘ra, partiya umumiy saylovchilar sonidan kamida 1 %ning (214,35 ming imzo) imzosini yig‘ishi lozim.

Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomalarini berish 30-oktabrgacha Markaziy saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.  

Yangiliklar lentasi
0