Qozog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirganlar qo‘lga olindi

© REUTERS/Shamil ZhumatovOlmaotadagi hujum
Olmaotadagi hujum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olinganlar ichki ishlar xodimlariga nisbatan terakt amalga oshirishni rejalashtirishgan

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Qozog‘istonda ichki ishlar va maxsus xizmatlar xodimlariga nisbatan terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan uch nafar radikal guruh a’zosi qo‘lga olindi. Bu haqda respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasi saytida xabar berildi.

Qo‘lga olinganlarning yonidan qo‘lbola portlovchi qurilmalar va detonatorlar, diniy-ekstremistik hamda terakt uyushtirishga chorlovchi materiallar chiqqan.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ma’lumotiga qaraganda, yil boshidan buyon Olmaotada 29 nafar ekstremistik kayfiyatdagi shaxslarning jinoiy harakatiga chek qo‘yilgan. Ushbu holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0