O‘zbek dzudochilari o‘z rekordlarini yangilashdi

Dzudo kurashi
Dzudo kurashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik dzudochilar yigirmata medalga sazovor bo‘ldilar

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Xalqaro dzudo federatsiyasi bilan maxsus kelishuvga ko‘ra, Toshkentda to‘rtinchi yildirki Gran-pri turkumidagi musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Ushbu musobaqada o‘zbek dzudochilarining 2013-yilgi ishtiroki muvaffaqiyatli bo‘lgan. O‘shanda ular o‘n uchta medal bilan taqdirlanishgandi. Bu muvaffaqiyatni yana qaytarishning imkoni yo‘qdek tuyulardi. Lekin ushbu rekord yangilandi. Dunyoning 20ga yaqin davlatidan 135 nafar sportchi qatnashgan bu yilgi musobaqalarda o‘zbekistonlik dzudochilar yigirmata medalga sazovor bo‘ldilar, ularning oltitasi oltin medaldir. Hali hech bir jamoa umumiy hisobda bunchalik ishonchli g‘alabaga erishmagan.

— Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlaridan keyin terma jamoamiz tarkibi deyarli 80 foizga yangilandi, — deydi respublika dzudo federatsiyasi bosh kotibi Dmitriy Adisman. – Endilikda tarkibni asosan yosh va umidli yigit-qizlar tashkil etishmoqda. 2020-yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorlanuvchi avlodlar almashinuvi jarayoni ketmoqda. Xususan, Rishod Sobirov, Abdulla Tangriyevlar katta sportdagi chiqishlarini yakunladilar. Ularning o‘rnini kim egallaydi? Biz mazkur Gran-pri turnirida mana shu savolga javob olishimiz lozim edi. Murabbiylarimiz yoshlarimiz faxriylarimizdan aslo qolishmasliklariga ishonch hosil qilishdi. Hammasi kutilganidan ham a’lo bo‘ldi.

Kimono kiyimidagi jangchi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda dzudo bo‘yicha Gran-Pri o‘tkaziladi

Ayniqsa, ayollar terma jamoasi murabbiylarni quvontirdi. Ular umumiy medallar shodasiga sakkizta medalni qo‘shib qo‘yishdi. Gulnoza Matniyozova, Diyora Keldiyorova, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeyeva, Guloyim Jumaboyeva, Sanobar Sultonova, Kumush va Rahima Yo‘ldoshevalar shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldilar.

Erkaklar terma jamoasida ham yoshlar o‘zlarini ko‘rsatdilar. Taniqli dzudochilar qatorida Muhriddin Tilovov, Davlat Bobonov, Yaxyo Imomov, Soyib Qurbonov, Mirzohid Farmonovlar o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etdilar.

Yangiliklar lentasi
0