MSKda YeHHT loyihalar koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishYeXHT parlament assambleyasi
YeXHT parlament assambleyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Markaziy saylov komissiyasi va YeXHTning hamkorligi samarali rivojlanib borayotganligi qayd etildi

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M.Abdusalomovning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihalar koordinatori Jon Makgregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi.

Xabarda bildirilishicha, uchrashuvda M.Abdusalomov Markaziy va okrug saylov komissiyalari tomonidan shu yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha axborot berdi.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

Uchrashuvda Markaziy saylov komissiyasi va YeXHTning hamkorligi samarali rivojlanib borayotganligi qayd etildi. YeXHT loyihalar koordinatorining Toshkentdagi ofisi “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyiha doirasida O‘zbekistonda saylov amaliyotini yanada demokratlashtirishning turli masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar, anjuman va seminarlarni tashkil qilish va o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Ularning ishida YeXHTga a’zo mamlakatlar vakillari, shu jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi ekspertlari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi vakillari Ispaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya saylov amaliyoti bilan yaqindan tanishish, shu jumladan, saylovchilarning yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi O‘zbekistonda parlament va Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni yuzasidan bir necha marta kuzatuv olib bordi. Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi shu yilning 11-14 oktabr kunlari Ehtiyojlarni baholash missiyasini yuborishga qaror qildi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0