TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Yaponiyaning Yamaguti prefekturasidagi Tokuyamakudamatsu portida natriy gidroksid yuklangan tanker cho‘kmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti NHK telekompaniyasiga asoslanib.
Uzunligi 50 metrli "Yevamaru" tankeriga 400 tonna natriy gidroksid yuklangan. Kemaning cho‘kish xavfi mavjud. Ekipajning to‘rt a’zosi kemani tark etishga muvaffaq bo‘lgan.
Natriy gidroksid suv bilan aralashganida kuchli kimoviy reaksiya yuz beradi va ulkan hajmdagi issiqlik ajralib chiqadi. U terini kuydirishi, ko‘zga tushsa esa ko‘r qilishi mumkin. Yaponiyada ushbu ximikatning 5%dan ortiq konsentratsiyasini qo‘llash taqiqlangan. Tanker bortidagi natriy gidroksid konsentratsiyasining darajasi haqida ma’lumot berilmagan.
Dengiz xavfsizlik xizmati halokat hududiga patrul kemasini yubordi.