Rossiyada migrantlar ommaviy qochishni tashkillashtirdi

© Sputnik / Aleksandr Utkin / Mediabankka o‘tishRossiya Federal Migratsiya Xizmati nolegal migrantlarni tekshirmoqda
Rossiya Federal Migratsiya Xizmati nolegal migrantlarni tekshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qochishni uyushtirgan migrantlarning aksariyat qismi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekanligi xabar qilinmoqda

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Yo‘l qo‘ygan qonunbuzarliklari uchun Leningrad viloyatining Gatchina shahridagi vaqtinchalik saqlash markazida ushlab turilgan 13 nafar migrantlar devorni yorib qochib ketishga muvaffaq bo‘ldilar, ularning bir qismi tutib olindi, deb xabar qilmoqda huquqni muhofaza qilish organlarida manba.

"Gatchina shahridagi vaqtincha saqlash maxsus markazining birinchi qavatida qo‘lga olingan 13 nafar migrant devorni yorib, hosil bo‘lgan tuynukdan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Suhbatdoshning ta’kidiga qaraganda, qochganlarning asosiy qismi Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridir.

Tezkor guruh xodimlari qisqa vaqt ichida olti nafar qochoqni qo‘lga olishgani haqida aytilmoqda, qolganlari esa ayni vaqtda qidiruvda.

Yangiliklar lentasi
0