Isroilning sobiq prezidenti Peresni ko‘z muguz pardasi muhtojlarga ko‘chirib o‘tkazildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishIsroil davlatining sobiq prezidenti Shimon Peres
Isroil davlatining sobiq prezidenti Shimon Peres - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres hayotdan azob-uqubatlarsiz ketdi va vafotidan keyin uning ko‘z muguz pardasi muhtoj bemorlarga ko‘chirib o‘tkazildi, deb xabar qildi Peresni davolagan shifokor

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Nobel mukofoti sovrindori Shimon Peres chorshanbaga o‘tar kechasi 93 yoshida, ikki hafta oldin boshidan o‘tkazgan insult oqibatida Tel-Avivda vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Shimon Peres bizni azob-uqubatlarsiz tark etdi. "Shiba" klinikasining ajoyib shifokorlari to so‘nggi daqiqaga qadar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashdilar va u hayotdan azob-uqubatsiz ko‘z yumishi uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qildilar", — deb ta’kidladi uning shaxsiy shifokori va kuyovi Rafi Valdman.

Valdman, shuningdek, Peresning tiriklik vaqtidagi istagini inobatga olgan holda, marhumning yaqinlari uning ko‘z muguz pardasi muhtoj bemorlarga ko‘chirib o‘tkazilishiga rozilik bildirganlarini ma’lum qildi. "Uning ko‘z muguz pardasi muhtojlarga xayriya qilindi", — deb aytgan Valdman Tel-Avivda joylashgan "Shiba" klinikasidan jurnalistlar oldiga chiqqan mahali.

Peres 13-sentabrda Tel-Aviv yaqinidagi shifoxonaga insult tashxisi bilan yotqazilgandi. U o‘z hushida bo‘lib, sog‘lig‘i barqaror deya baholangan. Shifokorlar o‘sha kunning o‘zida uni sun’iy koma holatiga o‘tkazishga qaror qilishgan.

1923 yil 2-avgustda o‘sha paytda Polshaning Novogrud voyevodaligidagi Vishnyavasi(hozirgi Belarusning Minsk viloyati)da tug‘ilgan Shimon Peres Isroil davlatining eng so‘nggi asoschilaridan biri, uning harbiy-sanoat majmuasi va yadroviy dasturi yaratuvchisi hamda Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni me’mori hisoblanadi. Otasi yog‘och materiallar sotib olish bilan shug‘ullangan, onasi esa rus tili o‘qituvchisi bo‘lgan. 1934-yilda Peresning oilasi Falastinga ko‘chib o‘tgan.

Peres 1984-yildan 1986-yilgacha Isroilning 9- va 1995-yildan 1996-yilgacha 12-bosh vaziri, 2007-yildan 2014-yilgacha prezidenti bo‘lgan. 12 ta hukumatda turli vazirliklar rahbarlari lavozimlarini egallagan. Faoliyati 70-yil davom etgan, Isroilning eng keksa siyosatchisi va davlat arbobi bo‘lgan.

Peres 1994-yilda Yasir Arofat va Isxak Rabin bilan tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0