Ikki nafar rossiyalik AQSh razvedka xizmatiga "harbiy sir"larni sotmoqchi bo‘lgan

Obuna bo‘lish
Baykal orti Borzi shahrida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro Amerika josuslik xizmatiga Rossiyadan Ukrainaga yuborilayotgan harbiy poyezdlar hamda Rossiyada AQShni mo‘ljalga olib joylashtirilgan raketalar haqida "maxfiy" ma’lumotlarni sotishga uringan.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Baykal ortida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro mintaqada joylashtirilgan harbiy qismlar haqidagi uydirma ma’lumotlarni Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi(MRB)ga sotishga uringanlikda ayblanmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga regionning Federal Xavfsizlik xizmati vakili.

Gap shundaki, Baykal orti Borzi shahrida istiqomat qiluvchi ikki shovvoz Amerika josuslik xizmatiga xat yo‘llab, ularga Rossiyadan Ukrainaga yuborilayotgan harbiy poyezdlar hamda Rossiyada Qo‘shma Shtatlarni mo‘ljalga olib joylashtirilgan raketalar haqida "maxfiy" ma’lumotlarni sotish taklifini bildirganlar.

Ulardan biri maktub yozish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, ikkinchisi uning faoliyatini boshqarib turgan, ya’gi harbiy sirlar haqida hikoyalar to‘qigan.

Muassasa xabariga ko‘ra, Amerika Markaziy Razvedka Xizmatidan hatto javob maktubi ham kelgan. Amerikaliklar bu ikki manbaga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishgan. Ammo baykal ortining "uddaburro" bu ikki fuqarosiga o‘z "ma’lumotlari" uchun mukofot pulini olish nasib etmagan.

FXX ta’kidiga ko‘ra, maxfiy ma’lumotlar uydirma bo‘lgani uchun, "josuslar" jinoiy javobgarlikdan qutilib qolganlar, ular ogohlantirish olganlar.

Yangiliklar lentasi
0