Toshkent-Qarshi-Toshkent tezurar poyezdi qatnovi bekor qilindi

© AO UzjeldorpassNasaf yo‘lovchi poyezdi
Nasaf yo‘lovchi poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezurar poyezdlar qatnovi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingani aytilmoqda.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Toshkent-Qarshi-Toshkent tezurar poyezdi qatnovi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi, deb xabar qilingan O‘zbekiston temir yo‘llar rasmiy saytida.

"Texnik sabablarga ko‘ra quyidagi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi: Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi 8/7 sonli "Nasaf" tezurar poyezdi;

Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi 760/759 sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda xarakatlanuvchi elektropoyezdning qatnovi 20,21,22,27,28,29 sentabr, 4,5,6,17,18,19,20,24,25,26,27,31 oktabr i 1,2,3 noyabr kunlarida vaqtincha bekor qilinadi", — deyiladi xabar matnida.

Yo‘lovchilar qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa telefon raqamidan olishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0