Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashishga ariza tashladi

© REUTERS/Issei Kato/File PhotoAndjelina Joli va Bred Pitt farzandlari bilan
Andjelina Joli va Bred Pitt farzandlari bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aktrisa ajrashish uchun ariza tashlar ekan, o‘z qarorini "er va xotin o‘rtasidagi murosasizlik" bilan izohladi. Joli, shuningdek, olti nafar farzandini o‘zi bilan qoldirishga ruxsat berishlarini so‘radi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Gollivudning eng mashhur bu juftligi ajrashayotgani haqida gap-so‘zlar bolalaganiga ancha bo‘ldi. Endi esa hammasi oydinlashdi: Bred Pitt va Anjelina Joli ajrashishmoqda. Ushbu qaror Anjelina Joli tomonidan qabul qilingan, Bred Pitt esa bu voqeada uni ko‘proq farzadlarining farovonligi tashvishga solayotganini bildirib o‘tgan.

Sal oldin berilgan xabarlarga ko‘ra, Anjelina Joli ajrashish uchun ariza tashlar ekan, o‘z qarorini "er va xotin o‘rtasidagi murosasizlik" bilan izohlagan. U, shuningdek, olti nafar farzandini o‘zi bilan qoldirishga ruxsat berishlarini so‘ragan. Bredd Pitt bolalarni xohlagan vaqtida ko‘rishi va ular ustidan vasiylikni saqlab qolishi mumkinligi qo‘shimcha qilinmoqda.

"Ushbu holat meni chuqur qayg‘uga soldi, lekin ayni vaqtda eng muhimi — farzandlarimizning farovonligidir", — deb ta’kidlagan Bred Pitt. Uning so‘zlaridan People jurnali iqtibos keltirgan.

Bred shuningdek, matbuotdan "bunday murakkab davrda" bolalarni bezovta qilmaslikni so‘ragan.

So‘nggi vaqtlarda G‘arb matbuotida mashhur juftlikning ajrashishi haqida uzunquloq gaplar bot-bot yoritilib turardi.

Mana misol uchun, Inquisitr nashrining xabariga ko‘ra, ajrashishga Bred Pittning fransuz aktrisasi Marion Kotiyar bilan boshdan kechirgan ishqiy sarguzashti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aktrisa Bredd bilan "Ittifoqdoshlar" ("Soyuzniki") filmida tanishgan.

Yangiliklar lentasi
0